
Chempionlar ligasidan chiqqan PSJ olti o‘yinchisini sotib yuboradi
Yozgi transferlar vaqtida Parij klubi mutasaddilari olti nafar futbolchini sotib yuboradi.
Klubni tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Leandro Paredes, Idrissa Guye, Tilo Kerer, Leven Kyurzava, Yulian Draksler va Ander Errera kiritilgan.
Ayrim manbalarning ma’lum qilishicha, parijliklar “Real”dan kelib qo‘shilgan Serxio Ramos bilan xayrlashishga tayyor. Ispan futbolchisi jarohati tufayli ko‘pincha maydondan tashqarida qolmoqda. Yozda ikki yillik shartnoma tuzgan futbolchi joriy mavsumda atigi beshta o‘yinda qatnashdi xolos.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati yangi jamoani Markinos, Verratti, Hakimi, Donnarumma, Nunu Mendesh va Kempembe atrofida shakllantirishga qaror qilgan.
Avvalroq,PSJ Neymar bo‘yicha yaxshi taklif bo‘lsa, braziliyalik hujumchidan ham voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar