
Chempionlar ligasiga 10 iyul kuni qur’a tashlanadi
10 iyul kuni UEFAning shtab-kvartirasi joylashgan Non shahrida Chempionlar ligasiga qur’a tashlanadi.
Qur’a tashlash jarayonida EChLning chorak va yarim final juftliklari aniqlanadi. Aytish kerakki, ushbu ikki bosqichning barcha uchrashuvlari Portugaliyada o‘tkaziladi. Qur’a Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha chorak final yo‘llanmasini "Atletiko" (Ispaniya), "Atalanta" (Italiya), PSJ (Frantsiya) va "RB Leyptsig" (Germaniya) klublari naqd qilishgan. "Barselona" - "Napoli" (birinchi o‘yin - 1:1), "Bavariya" - "Chelsi" (birinchi o‘yin 3:0), "Yuventus" - "Lion" (birinchi o‘yin 0:1) va "Manchester Siti" - "Real" (birinchi o‘yin 2:1) juftliklarida esa javob bellashuvlari bor.
Fikrlar