Chempionlar ligasining mavsumdagi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi

  • 17 sentabr, 2020, 22:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA rasmiy saytida Chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 3 ta nomzodni e’lon qildi.

Nomzodlar orasida Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Tyago Alkantara ("Bavariya") va Tomas Myuller ("Bavariya") bor.

Ta’kidlash kerakki, Alkantara va Myuller “Bavariya” safida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. De Bryuynening “Siti”si esa chorak finaldayoq musobaqani tark etgan edi.

Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!