Chempionlik jangi o‘tkazildi. Meyvezer yana rekordchiga aylandi
27 noyabr kuni Tailandning Nakxonsavane shahrida eng engil vazn toifasida chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi.
WBC chempioni Vanxeng Menayotin (54-1, 18 KO) hakamlarning yakdil qarori bilan reytingda uchinchi o‘rinni egallab turgan Pane Pradabsriga (35-1, 22 KO) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ushbu jang Menayotinning 13-himoya jangi edi.
Bungacha, tailandlik bokschi faoliyati davomida 54 ta g‘alabaga erishib, biror marta engilmagandi. U mag‘lub bo‘lmagan holda, 50 marta zafar quchgan Meyvezerdan keyingi bokschi bo‘lib, tarixga kirgandi.
Shu tariqa, rekord amerikalik bokschiga qaytdi.

Fikrlar