Chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar “Liverpul” hujumchisini so‘rayapti
Joriy mavsum Italiya chempionatida bosh sovrin uchun kurashayotgan “Roma” va “Napoli” qishki transferlar oynasi yopilguniga qadar hujum chizigʻini kuchaytirishga urinayapti.
Har ikki klubi A Seriyada oʻz imkoniyatlarini namoyish qilgan Federico Kyezani nishonga olgan. Italyalik qanot himoyachisi “Liverpul”ga kelganidan beri jamoaning muhim boʻlagiga aylana olgani yoʻq.
Rim va Neapol klublari mersisaydliklardan 28 yoshli futbolchining transfer maʼlumotlarini soʻragani haqida taniqli jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
Manbaga koʻra, Kyezaning oʻzi “Liverpul”da qolishni istaydi, ammo mersisaydliklar safida yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega emas.
Joriy mavsumda Kyeza barcha musobaqalar doirasida 18 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. U jami 392 daqiqa maydonda boʻldi. Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portaliga koʻra, Kyezaning bozor qiymati 18 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar