
Chempionlik uchun kurashda "Paxtakor"ga kimlar raqobat ko‘rsatadi? Andrey Shipilov javob berdi
Ertaga rasman futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start beriladi. Joriy yilda ham yana “Paxtakor”ning yaqqol favorit ekanligi ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘tgan yili uchta sovrinni qo‘lga kiritgan “Sherlar”ning bu yil ham o‘zi qatnashadigan musobaqalarda g‘olib chiqishini taxmin qilayotganlar ko‘p.
Qiziq, bu yil chempionatimizda “Paxtakor”ga raqobat ko‘rsata oladigan klublarimiz bormi? Yangi mavsum arafasida “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov bilan o‘zaro suhbatimiz jarayonida u mazkur savolga berar ekan shunday dedi:
- Men mavsumning qiziqarli kechishini kutyapman. Chempionlik uchun kurashda favoritlar qatorida “Paxtakor”dan tashqari “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” hamda AGMK jamoalarini ko‘rsatgan bo‘lardim, - dedi Andrey Sergeevich.
Tez orada Shipilov bilan uyushtirilgan suhbatimizni saytimizda o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar