
Chicharito MLSning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi
"Sevilya" klubi hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) MLSda eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Los-Anjeles Gelaksi" meksikalik futbolchiga yiliga 6,5 million evro maosh to‘laydi. AQSh klubi Chicharitoning transferini yangi haftada e’lon qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Chicharito joriy mavsum “Sevilya” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar