Chuameni "Real" muxlislari va murabbiylar shtabidan uzr so‘radi

  • 20 yanvar, 2023, 18:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Orelen Chuameni "Real" Ispaniya kubogida ishtirok etayotgan paytda MBA o‘yiniga tashrif buyurdi. 

7 yanvardan buyon mushak jarohati tufayli maydonga tusha olmayotgan yarim himoyachi Milliy Basketbol assotsiatsiyasi doirasidagi "Detroyt" hamda "Chikago" o‘rtasidagi o‘yinni (108:126) tomosha qilgan. Ushbu bahs futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi doirasidagi "Vilyarreal" - "Real" to‘qnashuvi bilan parallel bo‘lib o‘tdi. 

O‘yindan so‘ng Chuameni o‘z tvitter sahifasida muxlislar va jamoadan uzr so‘radi. 

"Klub, murabbiylar shtabi va muxlislardan qiyin uchrashuv paytida ushbu tadbirda ishtirok etganim uchun uzr so‘rayman. 

Men uchrashuvda bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatdim, lekin baribir noto‘g‘ri ish qildim. Juda afsusdaman", - dedi Chuameni. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!