Coca-Cola Superliga. 12-13-turlar va qoldirilgan uchrashuvlar sanalari ma’lum

  • 4 aprel, 2022, 14:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Iyun oyida O‘zbekiston mezbonligida bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati sanalari to‘liq aniq bo‘lganidan kelib chiqib, O‘zPFL Superliga klublari uchun birinchi davraning yakuniy taqvimini taqdim etdi.

Tecno

Bunda U-23 terma jamoasining asosini tashkil etuvchi “Olimpik” jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik sabab Coca-Cola Superliga 10- hamda 11-turini o‘z vaqtida o‘tkaza olmasligi, AGMK hamda “Nasaf” ishtirokidagi 3-tur uchrashuvi IIBB so‘roviga ko‘ra qoldirilgani, milliy terma jamoa o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan FIFA kunlari, shuningdek, “So‘g‘diyona” futbol klubining OFK kubogi guruh bosqichida ishtirok etishi inobatga olingan.

O‘zPFL ikkinchi davra taqvimini ham tez orada e’lon qiladi.

 Coca-Cola Superliga

12-tur

17 iyun, juma

LOKOMOTIV – SO‘G‘DIYoNA

18 iyun, shanba

DINAMO – SURXON

20 iyun, dushanba

QIZILQUM – PAXTAKOR

BUNYoDKOR – QO‘QON-1912

21 iyun, seshanba

NAVBAHOR – METALLURG

22 iyun, chorshanba

NEFTChI – NASAF

OLIMPIK – AGMK

 3-tur

26 iyun, yakshanba

AGMK – NASAF

 11-tur

26 iyun, yakshanba

METALLURG – OLIMPIK

 13-tur

28 iyun, seshanba

QO‘QON-1912 – DINAMO

29 iyun, chorshanba

PAXTAKOR – BUNYoDKOR

SURXON – NEFTChI

30 iyun, payshanba

NASAF – OLIMPIK

METALLURG – LOKOMOTIV

1 iyul, juma

AGMK – NAVBAHOR

 5-tur

4 iyul, dushanba

NASAF – SURXON

METALLURG – PAXTAKOR

 13-tur

5 iyul, seshanba

SO‘G‘DIYoNA – QIZILQUM

 10-tur

5 iyul, seshanba

OLIMPIK – NAVBAHOR

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/04/2022 14:23
uta kulgulik holat shunchaki. AGMK nima qilardi 20 mart kuni Qarshiga Nasaf stadiyoniga kelsa. 2 davraga. Nasaf borardi. hammaga malum Nasaf 3 fronga kurash olib boradi. keyin uyinchilari ham MTJ negizini tashkil qiladi. qolganlari ham. u21 qatnashadi. qisqasi. Nasaf qiyin. buladi.