
Coca-Cola Superliga. Bugun Toshkent va Samarqandda o‘yinlar bor
Xabaringiz bor kecha Coca-Cola Superliganing 8-tur uchrashuvlariga start berilgan edi. Bugun esa tur doirasidan o‘rin olgan yana 2ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Dastlab soat 17:30da Samarqandda “Dinamo” va AGMK jamoalari bahsi boshlanadi. Keyin esa soat 19:45dan boshlab Toshkentdagi markaziy stadionda “Paxtakor” hamda “Navbahor” jamoalari uchrashuvi start oladi.
Ma’lumot uchun, “Dinamo” ayni damda 9 ochko bilan 7-o‘rinda, AGMK 7 ochko bilan 11-o‘rinda, “Naabahor” 11 ochko bilan 3-o‘rinda va “Paxtakor” 19 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar