Coca Cola Superliga. Voha derbisida hisob ochilmadi, "Andijon"ning g‘alabasiz seriyasi davom etadi

  • 21 iyun, 2020, 20:54
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Coca Cola Superligasida 5-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. Viktor Kumikov boshqaruvidagi "Andijon" jamoasi Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 36-daqiqada Stanislav Andreev o‘zining chiroyli zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym so‘nggida 11 metrli jarima to‘pini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Tecno

Shu tariqa, "ma’danchilar" hisobidagi ochkolar soni 10 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. G‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan "burgutlar" esa 2 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olishgan.


Parallel ravishda kechgan "Mash’al" - "Nasaf" qarama-qarshiligida esa hisob ochilmadi. Shu tariqa, "ajdarlar" hisobidagi ochkolar soni 11 taga etdi va turnir jadvalidagi 2-o‘rinni o‘zida saqlab qoldi. 6 ochkosi bor "gazchilar" esa 9-pog‘onadan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
21/06/2020 21:40
Murabbiylarni almashtiradi bir narsa bo‘lsa. Murabbiyni emas to‘p tepishni bilmaydigon fudbo‘lchilarni yo‘qotsin. Shunda yahshi o‘ynaydi. Shu ham o‘yinmi super liga o‘yinchilariga o‘xshamaydi.
&
Mansurbek
21/06/2020 21:41
Andijon xaqida fikr yozdim
Расулжон Тоштемиров
21/06/2020 21:09
Андижон пазор сенларга панос булиб колган футболчилар югураолмайди пазор