
Coca-Cola yana bir yirik musobaqaning titul homiysiga aylandi
Italiya kubogi yangi titul homiyga ega bo‘ldi. Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, bundan buyon musobaqaning bosh homiysi “Coca-Cola” kompaniyasi bo‘ladi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Italiya kubogi final uchrashuvidan boshlashadi. Yangi mavsumdan esa Italiya kubogi Coppa Italia Coca-Cola deb nomlanadi.
Bundan avvalroq Coca-Cola Italiya Superkubogiga homiylik qilgan edi.
Fikrlar