Culsher “Real” futbolchisi o‘rniga boshqasini oladi

  • 09.07.2021 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Real” himoyachisi Rafael Varan transferidan voz kechishi mumkin.

Manchesterliklar frantsiyalik futbolchini kutmoqda, Varanning o‘zi Madriddan ketmoqchi, “Qirollik klubi” himoyachini qo‘yib yuborishga tayyor. Shunga qaramay, bu transferni amalga oshirish ishlari yakunlanmay qolyapti.

“Manchester Yunayted” vaziyatdan chiqish uchun e’tiborini “Lion” himoyachisi Yoakim  Andersenga qaratdi.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi ijara asosida “Fulxem” sharafini himoya qildi va premer-ligada 31 uchrashuvda maydonga tushib,  ingliz futbolida etarlicha tajriba to‘pladi.

Bundan tashqari Andersenning transferi manchesterliklar uchun ancha arzon – 20-25 million evroga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!