Dahshatli maosh. “Barsa”ning bu taklifini superto‘purar rad etolmadi

  • 13 aprel, 2022, 17:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari “Bavariya” to‘purari Robert Levandovskini transfer qilish uchun avval bergan taklifini sezilarli darajada yaxshiladi, deb xabar bermoqda Sky Germany nashri jurnalisti Florian Plettenberg.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar polshalik to‘purarga yiliga 40 million evro maosh beradigan bo‘ldi. Ayni paytda myunxenliklardan 25 million evro maosh olayotgan Levandovski Ispaniyadan kelgan taklifni rad eta olmadi.

Endi “Barselona” hujumchining transfer summasini “Bavariya” bilan kelishib olishi kerak bo‘ladi.

Levandovskiga   “Liverpul”, “Manchester Siti” va PSJ kabi grandlardan ham chorlov bo‘layotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!