Damir Temirov "Metallurg" bilan xayrlashdi. Uning yangi jamoasi esa...

“Metallurg” PFK yarim himoyachisi Damir Temirov qadrdon shahri – Samarqandga qaytishga qaror qildi.

Damir Temirov “Metallurg” sharafini 2021-2023 yillar mobaynida himoya qildi. U bekobodliklar tarkibida Superliga bahslarida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 9 ta gol kiritdi.

“Metallurg” libosida maydonda 3904 daqiqa harakat qildi hamda hakamlardan 8 marta sariq kartochka bilan jazolandi.

“Metallurg” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!