Dani Alves yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin

  • 17.07.2019 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik himoyachi Dani Alves yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 36 yoshli futbolchi va “keksa sinora” bu masala yuzasidan o‘zaro muzokaralar olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alvesning PSJ bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan va shu bois u ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Dani Alves 2016-17 yilgi mavsumda “Yuventus” sharafini himoya qilgan va 33ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!