
Darvin Nunes "Real"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi? Klopp javob berdi
Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Real" Madrid to‘qnashuvida Darvin Nunesning maydonga tushishi so‘roq ostida edi. Hujumchi "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi tahmin qilingandi.
Yurgen Kloppning so‘zlariga ko‘ra, Darvin "Real" bilan bo‘ladigan bahsda o‘ynashi mumkin.
"Imkoniyat bor. Biz uning holatini tekshirib, keyin qaror qabul qilamiz", - dedi germaniyalik mutaxassis o‘yin oldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, ushbu super to‘qnashuv 22-fevral soat 01:00da start oladi.
Fikrlar