David Benavides chempionlik kamaridan mahrum qilindi
Ertaga super o‘rta vaznda (168 funt) WBC chempioni David Benavides (22-0,19 KO) kolumbiyalik Aleksis Anguloga (26-1, 22 KO) qarshi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv oldidan an’anaviy vazn o‘lchash marosimida Angulo 167,6 funt, Benavides esa 170,8 ya’ni, vazn me’yoridan 2,8 funt (1,27kg) ortiqroq tosh bosgan edi. Vazn me’yorini bajara olmaganligi tufayli, WBC kamari David Benavidesdan olib qo‘yildi. Agar, ertaga jangda Angulo g‘alaba qozonsa, hozirda vakant qilingan kamar unga o‘tadi. Benavides g‘alaba qozongan taqdirda esa, kamar vakantligicha qoladi.
Yana shuni qo‘shimcha qilib o‘tish lozimki, WBC kamari uchun 1- va 2-raqamli da’vogar hisoblanuvchi turkiyalik Avni Yildirim hamda WBC Daymond va WBA super kamari egasi Kallum Smit jangiga buyruq berilishi ham mumkin.

Fikrlar