David de Xea bir chetda qolib, "Real"va "MYu" boshqa superdarvozabonni talashmoqda
Tarkibini kuchaytirishga intilayotgan "Real" yozgi transferlar mavsumida "Manchester Yunayted"ning asosiy darvozaboni David de Xeani olishga harakat qilayotgan edi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Joze Mourino ham darvozabonni Madridga jo‘natishga rozilik bergandi.
Endi David de Xea masalasi bir chetda qolib ikki buyuk klub boshqa superdarvozabonga ega chiqish uchun o‘zaro raqobatga kirishdi.
Evropa chempionlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan Angliya chempioni Kasper Shmayxel har ikki klub e’tiboriga tushdi va ular o‘rtasida talasha bo‘lmoqda. "Real" va "Manchester Yunayted" Daniya terma jamoasining 30 yoshli posbonini qo‘lga kiritish boshqa darvozabonlar transferidan osonroq bo‘lgani uchun ham unga jiddiy qiziqmoqda.

2021 yilgacha "Lester"da qolishi lozim bo‘lgan darvozabon joriy mavsumda APLda 20 ta o‘yinda 31ta gol o‘tkazib yubordi.



Fikrlar