David de Xea qaysi jamoani tanlagani ko‘pchilikni shokka tushirdi

  • 12.07.2024 12:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” darvozasini uzoq yillar qo‘riqlab kelgan David de Xea bir yil oldin shartnomasi tugagani tufayli klubni tark etgandi.

Ispaniyalik posbon bir yil davomida o‘ziga jamoa topa olmadi. Mana endi u grand klub bilan shartnoma tuzishi kutilmoqda.

“Manchester Siti” 33 yoshli golkiperni yozda olinishi mumkin bo‘lgan darvozabonlar ro‘yxatiga kiritdi. De Xeaning “Yunayted”ga ashaddiy raqib hisoblangan “shaharliklar” safiga o‘tishi mumkinligi ko‘pchilikni shokka tushirgani aytilmoqda.

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” Saudiya Arabistoniga ketishni rejalashtirayotgan asosiy darvozaboni Ederson o‘rniga tajribali posbon qidirmoqda.

“Shaharliklar” David de Xeadan tashqari “Milan” darvozaboni Mayk Menyan va PSJ vakili Janluiji Donnarummani ham nishonga olgan. Biroq bu ikki futbolchini qo‘lga kiritish qiyin va serxarajat variant hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!