
Davron Fayziev: "Barselona"ning bugungi muhim o‘yini oldidan: Ispaniyada grandlar uchligi hukmron, ayrilgan esa bo‘rilarga o‘lja. Yoki buqalarga
Bugun Ispaniya La Ligasi 25-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yinni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlab boradi. Davron Fayziev telegramdagi sahifasida bellashuvdan oldingi fikrlarini yozib qoldirdi.
- 1 yil avval xuddi shu o‘yinda ishlagan ekanman, anonsning birinchi qismi ham mos. O‘zgartirmayman.
"Sevilya" - flamenko raqsi va korrida o‘lkasi. Biz uchun esa Pisxuan stadioni va doim Evropa ligasi darajasidagi klub shahri. Bugun bu erda korridaga o‘xshash tomosha bo‘ladi. Faqat bir masala ochiq, kim matador bo‘ladiyu, kim buqa?! Chekinish tugadi.
Endi o‘yin haqida. "Sevilya" va "Barselona" o‘xshash holatda. Ikkalasi ham Madrid klublarini ta’qib qilishmoqda. "Barselona" bugungi raqibidan 2 ochko oldinda va uchinchi o‘rinda. Biroq "Sevilya" bir o‘yin kam o‘tkazgan. "Barsa" yutqazsa, uchlikni tark etishi mumkin. Bu esa Chempionlar ligasidan ayrilish ehtimoli arafasida La Ligaga ham soya soladi. Ispaniyada grandlar uchligi hukmron, ayrilgan esa bo‘rilarga o‘lja. Yoki buqalarga, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar