
Davron Fayziev boshchiligidagi "Qo‘qon-1912"da qanday yangiliklar bor?
Davron Fayziev boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasining Qo‘qon shahrida olib borayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari reja asosida davom etmoqda.
Dastlabki o‘n kunlikda asosan mahalliy yoshlar jamoa murabbiylar shtabining ko‘rigidan o‘tishadi. Yoshlarimiz o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylarimizning sinovidan o‘tadilar. Jamoamizning asosiy futbolchilari esa biroz keyinroq tarkibga qo‘shilishadi.
Murabbiylarning rejalariga ko‘ra “Farg‘ona viloyati xokimi Kubogi” musobaqasiga qadar jamoaga bir nechta futbolchilar kelib qo‘shiladilar. Bosh murabbiyimizning short listlaridan anchagina tajribali va yosh futbolchilar o‘rin olgan.
Rejaga ko‘ra Qo‘qondagi yig‘in davomida bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. Hozircha pro-liga vakili “Andijon SGS”, 1-liga ishtirokchisi “Do‘stlik”(Oltiariq) hamda Superliga ishtirokchisiga aylangan Yaypanning “Turon” jamoalari bilan bu borada kelishuvga erishilgan.
O‘rtoqlik uchrashuvlarining sanalari hamda boshlanish vaqtlari haqida alohida xabar beramiz. Ob-havoning qanday holatda bo‘lishi rejalarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar