Davron Fayziev: Bu yirik yigitlar jangida bombalar uchishi aniq

  • 19.01.2022 14:30
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bilasiz, 22 yanvar kuni UFC 270 musobqasi bo‘lib o‘tadi. Unda eng engil va og‘ir vaznda chempionlik janglari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sharhlovchi Davron Fayziev ushbu oqshomdagi asosiy janglar haqida fikr bildirdi.

"Janglar haftasi avjida. UFC 270. Ikkita chempionlik jang. Eng engil va eng og‘ir vaznlarda. 

Brendon Moreno va Deyveson Figeredo o‘rtasidagi ikkala to‘qnashuv yil jangi bo‘lishga da’vogarlik qilgan. Trilogiya ham murosasiz kechishi aniq.  

Frensis Ngannu va Siril Gan o‘z vaqtida bitta zalda shug‘ullanishgan. Sparinglarda Gan ancha qiynab qo‘yardi degan gaplar ham bor. Ngannu bilan avval ishlagan murabbiy hozir Siril bilan ishlamoqda. Bu yirik yigitlar jangida bombalar uchishi aniq", - deya yozib qoldirdi Fayziev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!