Davron Fayziev Eldor Shomurodovning "Roma"ga o‘tayotgani borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi

  • 29 iyul, 2021, 12:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi kunlarda "Roma" va Eldor Shomurodov mavzusi tinmayapti. Hamyurtimiz rimliklar safiga o‘tdi/o‘tadi degan xabarlar ko‘paydi. Ushbu ma’lumotlarga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

Eshitgandirsiz, Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida Rimning "Roma" klubiga ijaraga o‘tishi mumkin. "Jenoa" bilan muzokaralar boshlangan va ijara shartlari kelishib olinmoqda. Kelishishsin. "Jenoa"mizni hurmat qilgan holda aytish kerak, "Roma2 bu umuman boshqa daraja. Skudetto va Evrokuboklarga ko‘z tikkan ambitsiyali klub. Katta tarix, yuksak afsonalar jamoasi. Kelajakka urg‘u beryapti. Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlandi. Portugaliyalik yulduz-murabbiy esa qarigan Jeko va formasini yo‘qotgan Mayoral bilan hujumda ko‘p narsaga erishib bo‘lmasligini bilyapti. Eldor va Azmun variantlari ko‘rib chiqilmoqda. Shoma uchun Mour bilan ishlash yuksak tajriba bo‘ladi. Uning yoshlikdagi sevimli hujumchisi Dide Drogbani aynan Mour kashf qilgan. Umuman bu mutaxassisda taran forvardlar ochilgan. Drogba, Milito, Benzema, Balotelli. O‘ylaymanki, Shomurodovda bu ro‘yxatga qo‘shilish uchun hamma ko‘rsatkichlar bor. Muhimi kelishuv amalga oshsin, mayli ijara bo‘lsa ham, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!