Davron Fayziev: Hamma uchun foydali transfer...

  • 7 yanvar, 2022, 15:16
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Aston Villa" safiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

APL klubi braziliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum so‘ngiga qadar ijaraga oldi.

Ushbu transferga taniqqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.

Hamma uchun foydali transfer. Filippe Koutino "Aston Villa"ga o‘tdi. Hozircha, ijara asosida. Ro‘yobga to‘liq chiqmay to‘xtab qolgan talantini o‘sha erda chiqaradi. Har holda asosiy tarkibda tushsa kerak. "Barselona" ham uning oyligi bilan bog‘liq xarajatlardan qutuldi. "Aston Villa" esa yaxshi darajadagi futbolchiga ega bo‘lmoqda, - dedi Davron Fayziev.

Ma’lumot uchun, Filippe 2018 yilda "Liverpul"dan 140 million evro evaziga Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan edi. Bu vaqt oralig‘ida u 106 uchrashuvda maydonga tushib, 25 gol va 14 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
07/01/2022 15:49
Ўзи учинчи. Совринсиз берадими Энди?