
Davron Fayziev: Mana bu boshqa gap. UFC top darajadagi jangi ustida ish boshladi
UFC katta jang ustida ish boshlagani tasdiqlandi. Ushbu voqelikka sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z fikrini bildirdi.
- Mana bu boshqa gap. UFC Konor Makgregor - Dastin Pore jangi ustida ish boshladi. Bu albatta top daraja. UFC prezidenti Dena Uayt jangchilarga taklif yuborganini tasdiqladi:
“Biz Dastin va Konorga ushbu jang bo‘yicha so‘rov yubordik. Taklif berdik. Javob kutyapmiz”.
Promoushn bu ikki atlet bilan mojaroga kirishgandi, ammo bu safar ham Dena optimal variant topdi. Ular avval engilroq toifada jang qilganda Konor g‘alaba qozongan. Biroq undan keyin Poreda o‘sish, Makgregorda esa pasayish kuzatilgan. Shu sababli imkoniyatlarni teng baholayman.
Darvoqe, Dastin darhol reaktsiya bildirdi va “men qabul qildim” deb yozdi. Oxirgi so‘z Konordan, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.
Fikrlar