Davron Fayziev: "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" o‘yini payti Angliya tarixidagi rekord qayd etildi

  • 14 sentabr, 2021, 14:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘tgan haftaning e’tiborga molik vaoqeligi haqida fikr bildirdi.

- Angliyada o‘tgan haftaning televizion reytinglari e’lon qilindi. Garchi hafta davomida katta olamshumul voqealar kuzatilmagan bo‘lsa-da, Angliya tarixidagi rekord qayd etilgan. Bu APL 4-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" o‘yini payti ro‘y berdi. Uchrashuvni 8 milliondan ortiq angliyalik tomosha qilgan. Bu nafaqat futbol, balki butun televizion dasturlar rekordi. Sababini bilasiz, barcha Ronalduning qaytish debyutini kuzatgan. Qizig‘i parallel ravishda "Manchester Siti" - "Lester" bilan o‘ynadi va bu uchrashuv auditoriyasi keskin pasaydi.

Eslatib o‘taman, "Siti" Ronalduga pul ayadi, degan gaplar paydo bo‘lgandi. MYu esa transfer harajatlarini dastlabki kunlardagi 7-raqamli futbolka sotishdan chiqarib bo‘ldi.

Angliyada futbol translyatsiyasi tomoshabinlari soni bo‘yicha avvalgi rekord o‘tgan mavsumdagi "Liverpul" - "Manchester Yunayted" o‘yiniga tegishli, uning mamlakatdagi auditoriyasi 4,8 millionni tashkil etgan, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!