Davron Fayziev MYu - "Tottenxem" o‘yinidagi bahsli vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Qizil kartochka bormidi yoki yo‘q?
Angliya premer ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda mezbonlar 2-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Ammo yakunda o‘z darvozalaridan 6 ta gol o‘tkazib yuborishdi.
O‘yinning 28-daqiqasida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Antoni Marsyal raqib futbolchisi Erik Lamelaning yuziga qo‘li bilan urgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Ushbu holatda ko‘pchilik muxlislar "sariq ko‘rsatilsa bo‘lardi" qabilida fikr bildirdi. O‘z navbatida, taniqli sharhlovchi Davron Fayziev ham.
- Juda qizilga tortmasdi, lekin ikkalasiga sariq, mening fikrim. Bunday katta o‘yinda erta qizil berish uchun 200% bo‘lishi kerak, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida.
Bu borada sizning fikringiz qanday? Kommentda yozib qoldirishingiz mumkin.




Fikrlar
Hakamni harakatlari APLona harakat bo'lmadi! Ikalasiga ham sariq hammasi- joyida edi!