Davron Fayziev O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

  • 19 iyun, 2022, 14:47
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi oldidan sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida quyidagilarni bayon qildi.

- U23 Osiyo kubogi finali O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini biz bilan birga UZREPORTTV telekanalida tomosha qiling!

Albatta, raqib kuchli, umuman gol o‘tkazmagan, lekin bu qo‘rqitadigan fakt emas. Yaponiya ham kam o‘tkazardi va himoyasi kuchli edi. Qolaversa, bir o‘yindan tashqari barchasida saudiyaliklarning raqibi qizil kartochka olgan. Hakamga bosim, futbolchilarimizga biroz provokatsiya qilish ehtimolini hecham inkor etib bo‘lmaydi. Bizning bollar bosiq bo‘lishi talab etiladi. Har holda bir marta kuydik bundan, tajribaga egamiz, balki A.Ne’matov shu final uchun o‘zini qurbon qilgandir. O‘yin aspektlari, hujumlar intensivligi bo‘yicha ustunlik qilishimizni taxmin qilyapman. Finalda odatdagidek mayda epizodlar va ularni o‘z foydasiga ishlata olgan g‘alaba qozonadi. Qolganini efirda gaplashamiz. Omad! - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
19/06/2022 17:52
Неъматов нега ўзини қурбон қилар экан? Давронжон тушунмадим, очиқ дарвозага гол урмоқчи бўлган рақибни тепиб йиқитмагандир. Нотўғри таъриф берилибди