Davron Fayziev: Xalq dengizdir...

  • 20 aprel, 2021, 23:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z "Telegram" sahifasida Superliga masalasidagi xabarlar va ularga munosabatini e’lon qildi:

"Chelsi" muxlislari "Brayton" bilan o‘yin oldidan avtobusga hujum qildi. Petr Chex ularni tinchlantirgani chiqdi.

Muxlislar Evropa Superligasiga qarshi. "Chelsi" bosim ostida turli resurslarda xabar sizdirmoqda. Superligani tark etmoqchi ekan. Balki shunchaki tinchlantirish aktsiyasidir. Biroq endi bu to‘lqin boshqa klublarga ham ta’sir qiladi. Xalq dengizdir", - deb yozadi Fayziev. 

"Aristokratlar"ning "Brayton"ga qarshi o‘yini birozdan so‘ng, 00:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!