
De Bryuyne, Saloh, Keyn yoki Brunu Fernandesh?
Angliya premer-ligasi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar 8 nafar nomzodni e’lon qildi.
Hal qiluvchi so‘rovnomada Kevin de Bryuyne, Ruben Diash (ikkalasi – «Manchester Siti»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Jekk Grilish («Aston Villa»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Meyson Maunt («Chelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul») va Tomash Souchek («Vest Xem») ishtirok etadigan bo‘ldi.
Bundan avvalroq, jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra “Siti” futbolchisi Ruben Diash APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. U bu borada jamoadoshi Kevin de Bryuyne va “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynni ortda qoldirdi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, APLda “Manchester Siti” raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirgan holda 1-o‘rinni egalladi.
Fikrlar