De Bryuyne Daniya terma jamoasi darvozasiga kiritgan golini nega nishonlamaganini aytdi

  • 18 iyun, 2021, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne kecha “Evro-2020” guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Daniyaga (2:1) qarshi o‘yinda urgan golini nega nishonlamaganligini tushuntirdi.

Tecno

“Albatta, men xursand edim, lekin stadiondagi odamlarni juda hurmat qilaman.

Maydonning Kristian Eriksen yiqilgan qismiga yugurdim va jimlik saqladim”, - dedi de Bryuyne.

Eslatib o‘tamiz, “Evro-2020”ning guruh bosqich dastlabki turi doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yinda 29 yoshli Eriksen maydonda hushidan ketdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘sha paytda uning yuragi ishlamay qolgan, ammo shifokorlarning o‘z vaqtida bergan yordami tufayli uning hayoti saqlab qolingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!