De Bryuyne safga qaytdi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jarohatidan sog‘ayib, mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 27 yoshli belgiyalik futbolchi 2 mart kuni "Bornmut"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda sonidan jarohat olgan edi. Shu bois u Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Rossiya va Kiprga qarshi bahslarda terma jamoasiga yordam bera olmadi.
Ma’lumot uchun, de Bryuyne joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar