
De Bryuynening ahvoli qanaqa?
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Chelsi"ga qarshi (0: 1) EChL finalida olgan jarohati haqida gapirdi.
“Salom yigitlar, shifoxonadan hozirgina qaytib keldik. Menga burun suyaklarining sinishi va chap ko‘z devorining shikastlanishi tashxisi qo‘yildi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Albatta, kechagi voqeadan hali ham hafsalasi pir bo‘lgan. Ammo biz qaytamiz”, - deya xabar qoldirdi de Bryuyne o‘z tvitter sahifasida.
Kevin kechagi uchrashuvning 56-daqiqasida raqib futbolchisi Antonio Ryudiger bilan to‘qnashib ketdi va natijada jarohat olib maydonni tark etdi.
De Bryuyne joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar