De Bryuyone bolaligida qaysi jamoaga muxlislik qilgan?
"Manchester Siti" klubi xavbeki Kevin de Bryuyone Goal.com saytiga bergan intervyusida bolaligida qaysi jamoaga muxlislik qilganini aytdi.
“Men “Liverpul” muxlisi bo‘lganman. Mening oilam Angliyada, ya’ni hamma “Liverpul”ga muxlislik qiladagan joyda yashagan. Shuning uchun men ham ularga ishqibozlik qilardim.
Menga hammadan ham ko‘proq Maykl Ouen yoqardi. U xuddi men kabi kichkina va tezkor edi. Shuningdek Zinedin Zidan va Ronaldinolarning o‘yinlarini ham yoqtirardim”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Ta’kidlash lozimki, de Bryuyone joriy mavsumning asosiy qismini davolanish bilan o‘tkazmoqda. U hozircha bor yo‘g‘i 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar