De la Fuente hech kim uddalay olmagan ishni qildi
Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Luis de la Fuente Evro U19, Evro U21 va terma jamoa bilan Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi murabbiyga aylandi.
Bundan tashqari uning shogirdlari tarixga kirdi. De la Fuente shogirdlari turnir davomida 15 ta gol urib, Frantsiya jamoasining Evro-1984 rekordini yangiladi.
Shuningdek, Ispaniya Evro tarixida turnirdagi barcha 7 uchrashuvda g‘alaba qozongan birinchi jamoa bo‘ldi.



Fikrlar