De Xea qahramon: 11 ta seyv va APLdagi eng yaxshi natija

  • 14 yanvar, 2019, 03:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionati 22-tur markaziy o‘yinida “Manchester Yunayted” jamoasi safarda “Tottenxem” futbolchilari bilan bahslashdi.

Tecno

Markus Reshford tomonidan kiritilgan yagona gol mankunianlarga ketma-ket 5-g‘alabani keltirdi.

Mazkur bellashuvda “MYu” posboni David De Xea asosiy qahramon bo‘ldi. Ispaniyalik darvozabon raqib tomonidan yo‘llangan 11 zarbani qaytarish uddasidan chiqdi va jamoasining muhim g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi.

Bundan tashqari, De Xea APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi. O‘tkazilgan 22 tur davomida hech bir darvozabon 11 ta seyvni amalga oshirish uddasidan chiqmagan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!