
De Yong sobiq klublariga hamon foyda olib kelmoqda
O‘tgan yil yozida "Ayaks"dan "Barselona"ga 75 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan Frenki de Yong uchun "ko‘k-anor rangliklar" yana 11 million evro bonusni to‘lab berishlari kerak.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, bonusning bir qismini, aniqrog‘i 2,3 million evroni "Ayaks" hisobiga o‘tkazildi.
Shuningdek, de Yongning amsterdamliklargacha bo‘lgan sobiq klublari "Valveyk" va "Villem II" ham bonusning bir qismiga egalik qilishadi.
Joriy mavsumda de Yong "Barselona" libosida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 2 bor ishg‘ol qildi va 4 golli uzatma berdi.
Fikrlar