De Yong: "Uning maydondan tashqaridagi hayoti meni qiziqtirmaydi"

  • 18 oktabr, 17:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yong jamoadoshi Lamin Yamalning xatti-harakatlari haqidagi savoliga javob berdi.

Tecno

"Lamin hayotda o‘zi lozim topgan va ko‘ngli tusagan ishni qilishi mumkin. Men yoki jamoadoshlarim uni boshqarishga majbur emasmiz. Bizning vazifamiz unga maydonda yordam berish. Lamin mashg‘ulotlarda ham o‘yinlarda ham o‘zini yaxshi tutadi. Agar u maydonda biz kutgan narsalarni namoyish etsa, maydon tashqarisida nimalar bilan shug‘ullanishi menga umuman qiziq emas", - dedi niderlandiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" 8-tur yakunlariga ko‘ra 19 ochko bilan "Real Madrid"dan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!