Debyutant Germaniyadan zo‘r futbolchi olib keladi

  • 19.08.2026 15:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Leverkuzenning «Bayer» jamoasi markaziy yarim himoyachisi Esekyel Palasios Angliya premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. 

Mashhur insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, 27 yoshli argentinalik futbolchiga «Ipsvich» klubi jiddiy qiziqish bildirgan.

Premer-liganing yangi ishtirokchisi «Bayer» rahbariyatiga rasmiy taklif yo‘llagani va hozirda javobni kutayotgani ma’lum qilinmoqda.

Esekyel Palasios 2020 yildan buyon leverkuzenliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, bir golli pas muallifi bo‘ldi. 

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda. Palasiosning «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!