Dembele bir qarorga keldi
“Barselona” hujumkor futbolchisi Usmon Dembele faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishga qaror qildi. Frantsiyalik futbolchi anchadan beri yangi shartnomani imzolashdan bosh tortib kelayotgan edi.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Futbolchi qolish istagini bildirgani vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Dembele o‘z agentlariga vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqishni topshirgan va vaziyat uni qoniqtirsa, shartnomani imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq, klub xo‘jayinlari uni zaxiraga mixlash bo‘yicha qaror qabul qilgandi. Biroq bosh murabbiy Xavi bu o‘yinchi jamoaga kerakligini isbotlab berdi va Dembele maydondagi harakatlari bilan o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay boshladi.
Usmon joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bir juft gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar