
Dembele ham "Barselona"ga kelib qo‘shildi (FOTO)
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele jamoa qarorgohiga etib keldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Futbolchi dastlab majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. U hozirda o‘ng oyog‘ining son qismidan olgan jarohatidan davolanmoqda. Agar, Ispaniya chempionati davom ettirilgan taqdirda ham Dembele baribir maydonga tusholmaydi.
22 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum “Barselona”da 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar