Dembele "Oltin to‘p" haqida: "Da’vogarlar qatorida bo‘lishning o‘zi katta yutuq. Lekin..."

  • 14 iyun, 15:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Joriy mavsumda Parij klubi futbolchisi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u jamoasi bilan birga Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

– Futbolchi bo‘lganingda, "Oltin to‘p"ni yutish – bu har bir inson uchun sharafli orzudek. Bu – bolaligimizdan orzu qiladigan narsa. Esimda, bu mukofotni futbolchilar olayotganini tomosha qilganimda bu aql bovar qilmas edi.

– Siz ilgari hech qachon "Oltin to‘p"ga nomzod bo‘lmagansiz, hozir esa bu mavsumning favoritlaridan birisiz. Bunday bo‘lishi mumkin deb o‘ylaganmisiz?

– Hech bo‘lmaganda 30 nafar nomzod qatoriga kiraman degan umiddaman (kuladi). Mening oldingi mavsumlarim jarohatlar va omadsiz o‘yinlar bilan o‘tgan.

Bu mavsumda yaxshi o‘yin ko‘rsatdim, deb o‘ylayman. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Agar ismim ro‘yxatda bo‘lsa, bu ajoyib bo‘lardi. Favoritlar qatorida bo‘lishning o‘zi ham katta yutuq, lekin, bir kun bu mukofotni yutishni istayman.

Men har doim bir xil futbol o‘ynaganman. Bolaligimdan stadionga kelganlarga zavq ulashishni xohlaganman. Menga dribling yoqadi, lekin men jamoaga yordam beradigan, gol urishni istaydigan futbolchiman.

Hamma o‘zi tanlagan nomzodiga ovoz beradi. Agar sizga men yoqsam – bu yaxshi. Yo‘q bo‘lsa – hayot davom etadi. Ko‘ramiz, – dedi Usmon Dembele.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!