
Denis Istomin qozog‘istonlik tennischiga qarshi o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahri mezbonligida o‘tayotgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Prezident kubogi"da chorak final uchrashuvlari nihoyasiga etdi.
E’tiborlisi, hamyurtimiz Denis Istomin ham yarim final chiptasi uchun kortga chiqdi. Mezbonlar vakili Beybit Jukaevga qarshi bahs olib borgan Istomin 7:6(7:5), 6:7(10:12), 6:7(5:7) hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuv 2 soat 59 daqiqa davom etdi.
Denis xuddi shu turnirning juftlik bahslarida 1/8 finalgacha etib borgandi.
Fikrlar