Depay "Barselona"ga nega o‘tmagani haqida gapirdi

  • 8 oktabr, 2020, 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lion” hujumchisi Memfis Depay o‘zining “Barselona”ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi.

“Hayot davom etadi. Ammo hammasi juda yaqin edi. Tafsilotlarga batafsil to‘xtalib o‘tirmayman, lekin ushbu transferga to‘sqinlik qilgan ayrim sabablar bor edi. Men hech bir narsa besabab deya olmayman.

Hozir bor e’tiborimni “Lion”ga qaratganman va bu erda yana muhim rol o‘ynashni xohlayman. Agar men o‘z ishimni shunday davom ettirsam, “Barsa”da meni sotib olish uchun qiziqish saqlanib qoladi”, - dedi gollandiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!