
Desham Angliyaning kuchiga yuqori baho berdi
Dide Deshamning fikricha, Angliya terma jamoasining ojiz nuqtasi yo‘q.
"Siz qanchalik uzoqqa borsangiz, darajangiz shunchalik yuqori bo‘ladi. Talab tobora oshib bormoqda. Ko‘plab terma jamoalar bizning o‘rnimizda bo‘lishni istaydi. Biroq bizning maqsadimiz bor - oldinga yana bitta qadam tashlash.
Jahon Chempionati chorak finalida o‘ynash ajoyib tuyg‘u. Shunday bo‘lsa-da, oldinga qadam tashlash uchun yana bir uchrashuvda g‘alaba qozonish darkor.
Angliya terma jamoasining ojiz nuqtasi yo‘q. Balki, ular biroz yomonroq bajaradigan vazifalar bordir. Biz bundan foydalanishimiz kerak. Biz qanday uslubda ularga zarar etkaza olishimiz mumkinligini aniq belgilashimiz lozim", - dedi frantsuzlar bosh murabbiyi.
Fikrlar