Devid Moyes yana "Vest Xem"ga qaytishi mumkin

  • 27 dekabr, 2019, 13:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi rahbariyati bosh murabbiyi Manuel Pellegrinini iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 66 yoshli chililik mutaxassisda “bolg‘achilar” rahbariyatining fikrini o‘zgartirish uchun 2 ta o‘yin mavjud. Agar ularda muvaffaqiyatga erisha olmasa, unga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda Pellegrinining o‘rniga Devid Moyes nomzodi ilgari surilmoqda. Aytish kerakki, shotlandiyalik mutaxassis uchun “Vest Xem” begona emas. U 2017/2018 yillarda ushbu jamoani boshqargan.

Ma’lumot uchun, “Vest Xem” ayni damda APL musobaqa jadvalida 19 ochko to‘plagan -holda 17-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!