Devin Xeyni: “Keyingi jangimni Rayan Garsiyaga qarshi o‘tkazishni xohlayman”

  • 04.01.2021 21:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Engil vazn toifasining WBC yo‘nalishida jahon chempioni Devin Xeyni o‘zining navbatdagi jangini majburiy da’vogar Rayan Garsiyaga qarshi o‘tkazishni xohlayotganini aytib o‘tdi.

"Men imkon darajasida tezroq Rayan Garsiya bilan jang qilishni xohlayman. U mening keyingi raqibim bo‘lishi kerak. WBCdan ushbu jangga buyruq berishini so‘rashim shart emas. U men bilan jang qilishi lozim",- dedi Xeyni.

Eslatib o‘tamiz, Rayan Garsiya WBC eliminator jangida Lyuk Kempbellni 7-raundda nokautga uchratgan va majburiy da’vogarga aylangan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!