Devis uchun mavsum tugagan bo‘lishi mumkin

  • 24 aprel, 2023, 12:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis Germaniya chempionatining 29-turi doirasida “Maynts”ga qarshi o‘yinda (1:3) oyog‘ining  son qismini jarohatlab oldi.

Tecno

"Bild" nashrining malum qilishicha, futbolchi kasalxonaga yotqizilgan. Kanadalik himoyachining to‘liq tiklanishi uchun taxminan olti hafta kerak bo‘ladi. Bu tasdiqlansa, Alfonso ushbu mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Devis joriy mavsum Bundesligada 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Himoyachining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!