Deyarli 1 yillik kelishuvlardan voz kechildi yoxud "Andijon" ham transferlarni boshladi

  • 19.01.2023 00:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Mavsum-2023” uchun astoydil tayyorlanayotgan "Andijon"ning selektsiya ishlariga ham jiddiy e’tibor qaratgani barchaga yaxshi ayon. Futbolchilar bilan muzokaralar jarayoni davom etayotgan bir paytda kelishuvga erishilgan o‘yinchilar ham bor.

Shu munosabat bilan “Andijon” klubi futbolchilar bilan yangi shartnoma imzolash marosimini o‘tkazdi. “Team Sport” ekipirovkalar markazi bilan hamkorlikda o‘yinchilar rasman omma e’tiboriga tanishtirildi.

and spot

Ochig‘ini aytish joizki, rasmiy shartnoma imzolash jarayoni juda yuqori saviyada tashkil etildi va ilk bor mana shunday holatda shartnoma tuzildi. Murabbiy va futbolchilar bilan rasmiy shartnoma imzolash jarayonida OAV xodimlari ham ishtirok etdilar.

Yana bir gap: “Team Sport” ekipirovka markazi shu kuni to‘laligicha “Andijon” klubi ifori bilan bezatildi. Tashqaridan boshlab ichkarigacha jamoamiz emblemalari, futbolkalari, vimpellari yordamida alohida ekran bannerlarda aks ettirildi. Shu sababli ekipirovkalar markazi “Andijon” jamoamizga ataldi, deya olamiz.

and sostav

Jamoa a’zolari bilan yangi shartnomalar imzolashda “Team Sport” tanlangani ham bejiz emas. Boisi, ushbu ekipirovkalar markazida eng sifatli brend mahsulotlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bu masalada klubimizning marketing bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarining amaldagi ifodasi deyishimiz ham mumkin.

Marosimda jami 8 nafar futbolchi bo‘lib, ularning 3 tasi boshqa klublardan taklif qilingan bo‘lsa, 5 nafari bilan shartnomalar uzaytirildi. Endi ushbu futbolchilar ham yangi mavsumda Superligada ham “Andijon” sharafini himoya qiladilar.

andixm

Bu hali hammasi emas. Barcha OAV xodimlarining ko‘z o‘ngida murabbiy va futbolchilar bilan shartnomalarga imzo chekildi va rasmiylashtirildi. Dastlab bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov va uning yordamchisi Artyom Petrosyan bilan bitim imzolandi. Shundan keyin “Andijon” klubiga taklif qilingan Farhod Bekmurotov, Sardor Azimov hamda Sardor Abdunabiev bilan rasman jamoamiz a’zolari sifatida tanishtirildi. So‘ngra, shartnomalari uzaytirilgan – Vladimir Bubanya, Ildar Mamatkazin, Shahboz Erkinov, Eldor Adhamov hamda Suhrob Berdiev ham barchaning ko‘z o‘ngida “Andijon” bilan yangi kelishuvga erishilganligi e’lon qilindi.

and adx

Endi klubda bir yillik shartnomalar deyarli yo‘q hisobi. Oldinlari asosan bir mavsumning o‘ziga atalgan bitimlar imzolanardi. Klub rahbariyati bu yildan boshlab bir yillik kelishuvlardan voz kechdi. Jamoa kelajagini o‘ylagan holda, o‘yinimizni shakllantirish va yanada moslashishi hisobga olinib ikki yillik shartnomalar tuzilmoqda. Shu sababli Xomyakov, Petrosyan, Bekmurotov, Azimov, Bubanya, Erkinov, Mamatkazin, Adhamov va Berdiev bilan 2024 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan bitimlar imzolandi. Faqat Sardor Abdunabiev bundan mustanos. O‘tgan yili “Turon” sharafini himoya qilgan iqtidorli yarim himoyachi huquqiy jihatdan AGMK klubiga tegishli hisoblanadi. Shu bois ushbu futbolchi AGMK jamoasidan bir yilga ijaraga olindi.

and far

Darvoqe, jamoa muxlislari selektsiya jarayonida jamoamiz faqatgina ushbu futbolchilar bilan cheklanib qoladimi, degan xayolga bormasliklarini so‘raymiz. Chunki tarkibimizga yana yangi o‘yinchilar qo‘shiladi, albatta. Bu borada qizg‘in muzokaralar davom etmoqda. Shunday ekan, yana kelishuvga erishiladigan boshqa o‘yinchilarni ham e’lon qilib boramiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
19/01/2023 17:04
Уйиндан уйинга яхши уйин курсатган футболчига рагбатлантириш керак аксинча емон уйин курсатган футболчи захирада колиши ва рагбатлантириш олмаслиги шартномада алохида курсатилиши керак
Хакимов Авазбек
19/01/2023 09:33
Ойликлари ва кутарма пуллариниям очиклайлар. Халк билсин ким канча олишини